Rasmiy munosabat | bagatdistrict.uz

 2024-03-26 10:05:00 34 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bog'ot tumanidagi yo'l achinarli ahvolda" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Mazkur holat Bog'ot tumani Obodonlashtirish xodimlari tomonidan o'rganilganida tarmoqlarda tarqalgan video lavhalarda Bog'ot tumani markazidagi holat aks ettirilgan bo’lib, yo’lning bunday ahvolga kelishiga sabab markazlashgan oqova suv quviri o’tkazilganligi hamda quvir o’tkazgan tashkilot tomonidan qilingan ishlar to’liq foydalanish uchub dalolatnoma asosida qabul qilinmaganligini, yuqoridagi holat bo’yicha kamchiliklar aniqlanib, yo’lning ta’mirtalab qismi quruvchi tashkilot tomonidan qaytadan ta’mirlab berilishini ma’lum qilamiz.