Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan "Eng namunali mahalla" tanlovi e’lon qilindi | bagatdistrict.uz

 2024-04-16 10:17:00 25 Chop etish

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan "Eng namunali mahalla" tanlovi e’lon qilindi

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar eng yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mahalla” onlayn tanlovida har bir tumandan O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi tavsiyasi asosida bittadan mahalla ishtirok etadi. Eng namunali mahallalar ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Ovoz berish jarayoni joriy yilning 21-aprel kuni soat 20:00 da to'xtatiladi.

Eng ko‘p ovoz yig‘gan va 1-, 2-, 3- o'rinlarni egallagan 3 ta mahallalarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Xorazm viloyati bo‘limi tomonidan Ozarbayjonga bir martalik sayohat uchun yo‘llanma taqdim etiladi. Shuningdek, 4-, 5-, 6-o'rinlarni qo'lga kiritgan mahallalar 50 tadan kitob jamlanmalari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ovoz berishingiz mumkin.