Pillakorlar uchun ko’rgazmali seminar tashkil etildi | bagatdistrict.uz

 2024-04-06 05:25:00 43 Chop etish

Bog'ot tumanida pillakorlar uchun o'quv-seminari tashkil etildi. Tadbirda tuman oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i D.Abdullayeva, viloyat “Agropilla” MCHJ rahbari O.Allaberganov, agronomlar va ilg’or pillakorlar ishtirok etdilar.

Seminarda sifatli pilla yetishtirishda ipak qurtiga ozuqa yetkazib berish, mahalliy tut, ipak qurti urug‘ini tayyorlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shuningdek, seminar davomida pillakorlar faoliyatidan misollar keltirilib, pillachilikni ozuqa bazasini rivojlantirish, ipak qurti parvarishi hamda shu va boshqa sohaga oid ma’lumotlar yuzasidan fikr almashildi.