Sayyor qabul | bagatdistrict.uz

 2024-05-02 13:46:00 38 Chop etish

Bugun Namuna mahallasida Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumandagi barcha idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

Qabulda tumanimizning turli hududlaridan kelgan 33 nafar fuqaroning turar joy, moddiy yordam, mahalladagi ichki yoʻllarni ta’mirlash, davolanish, bandlik, auksion savdolariga chiqarilayotgan yer maydonlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ijara shartnomasi kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari va tashkilotlar rahbarlarini jalb qilgan holda oʻrganilib, qonuniy hal qilish, fuqarolarga amaliy yordam berish, moddiy qoʻllab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, muloqot davomida fuqarolarga ularni qiziqtirayotgan masalalar bo’yicha huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.