RADDIYA | bagatdistrict.uz

 2023-11-11 03:13:00 121 Chop etish

RADDIYA

 

Ijtimoiy tarmoqlarda «Bog‘ot tumani ko‘mir shahobchasida ko‘mirni yaxshisini olib, boshqa bahodan sotishyapti» mazmuniida taraplgan xabar bo‘yicha «KOMIR TAMINOT» MCHJ Xorazm viloyat filialiga qarashli  Bog‘ot tuman ko‘mir omborida ishchi guruh o‘rganish o‘tkazdi. O‘rganish natijasida ijtimoiy tarmoqlarda  yolg‘on xabar tarqatilganligi ma’lum bo‘ldi, ushbu tarqalgan fotosuratda Bog‘ot tuman ko‘mir ombori tasvirlanmagan, aslida ushbu fotosurat  mahalliy ko‘mir xarid qilgan fuqaroning xonadonida tasvirga olingan bo‘lib, bundan oldingi yillarda xam ushbu fotosurat  ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani ma’lum bo‘ldi. Ishchi guruh tomonidan fuqarolarga ko‘mir sifati yuzasidan «KOMIR TAMINOT» MCHJ Xorazm viloyat filialiga qarashli  Bog‘ot tuman ko‘mir ombori mas’ullari batafsil ma’lumot berganini va yolg‘on axborot, yolg‘on xabar tarqatganlik bo‘yicha javobgarlik borligi tushuntirilganini ma’lum qilamiz.

 

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati