Rasmiy munosabat | bagatdistrict.uz

 2024-03-06 05:05:00 33 Chop etish

"Ishonch" gazetasining 2024-yil 5-martdagi 30 sonida e’lon qilingan “Suv shunchalik xor bo’ldimi?” sarlavhasi ostidagi maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Ushbu maqolada Bog’ot tumani Nurafshon shaharchasi Ezgulik ko’chasida ichimlik suvi quvuri yorilganligi keltirib o’tilgan. Ushbu maqola yuzasidan “Xorazmsuvta’minot” AJ xodimlari tomonidan o’rganish ishlari olib borildi hamda nosozlik 6-mart kuni bartaraf etilganini ma’lum qilamiz.

Bundan tashqari, ushbu maqolada keltirib o’tilgan mahalla ko’chalariga chiqindi tashiydigan mashina kelmasligi sababli maishiy chiqindilar ko’chaga tashlanayotgani ham tegishli tashkilotlar tomonidan joyida o’rganildi hamda muammo ijobiy bartaraf qilingani ma’lum qilamiz.