Rasmiy munosabat | bagatdistrict.uz

 2024-02-14 07:50:00 114 Chop etish

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bog‘ot tumani Oqtepa mahallasi xududida ko‘chatlar ko‘mib tashlangan” mavzusida tarqalgan xabar Xorazm viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaro T.Sobirov o‘ziga tegishli bo‘lgan Kamaz yuk avtomashinasida kanalizatsiya quvurlarini tashlashda xosil bo‘lgan ortiqcha tuproqni belgilangan joyga tashlamasdan o‘zboshimchalik bilan vakolatli organlardan ruxsat olmasdan Oq tepa mahallasi Sohilbo‘yi qo‘chasiga tashlab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan qo‘chatlarni ko‘mib yo‘q qilib tashlaganligi, bu bilan fuqaro T.Sobirov O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 21 moddasi talablarini buzganligi oqibatda fuqaro T.Sobirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-modda 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlik bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilib BHM 

5 barabari miqdorida jarima qo‘llanilganini hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgusdagi 464-sonli Qarorining 4-ilovasiga muvofiq jami 

1 mln 360 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar miqdori xisoblanganini bildiramiz.

 

Bog'ot tuman hokimligi axborot xizmati