REABILITATSIYA VOSITALARI TOPSHIRILDI | bagatdistrict.uz

 2023-04-29 09:45:00 125 Chop etish

REABILITATSIYA VOSITALARI TOPSHIRILDI

Bemorlar, keksalar holidan xabar olish, ularning og'irini yеngil qilish va dardiga malham bo'lish xalqimizga xos eng yuksak fazilatlardan biridir.

Bog‘ot tumani IIB boshlig‘i, 3- sektor rahbari Ergash Ahmedov hamda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilafruz Abdullaevalar tumanimizning "Galaba" hamda "Madaniyat" mahallalarida yashovchi nogironligi bor bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olib, reabilitatsiya vositalarini topshirdi.

Otaxonlar, onaxonlar ko'rsatilgan e'tibor va g'amxo'rlikdan bеnihoya minnatdor ekanliklarini bildirdilar. Qo'llarini duoga ochib, yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik tiladilar.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati