Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-07-28 09:45:00 110 Chop etish

SAYYOR_QABUL

Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning “Tozabozor” mahallasida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Q.Nurmetov, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari qatnashdilar.

Tuman rahbarining uchinchi sektor hududida joylashgan 22-son maktab hovlisida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida 19 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Murojaatlar asosan, moddiy yordam ajratish, ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash tizimi, elektr ta’minoti masalalariga taalluqli bo‘lib, ayrim murojaatlarning ijrosi shu joyning o‘zida ta‘minlandi. Muddat talab etayotgan murojaatlar tegishliligiga qarab mas’ullarga topshirildi, har bir taklif, muammo va murojaat tuman hokimi tomonidan nazoratga olindi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati