SAYYOR QABUL | bagatdistrict.uz

 2023-11-16 10:25:00 98 Chop etish

SAYYOR QABUL

«INSONLARNING DARDU TASHVISHLARINI O‘YLAB YASHASH INSONIYLIKNING ENG OLIY MEZONIDIR»
                         Sh.Mirziyoyev

Bog‘ot tuman hokimi Jahongir Nazarov 3-sektordagi «G‘alaba» mahallasi hududida joylashgan 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida aholi bilan navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi.

Sayyor qabulda 31 nafar fuqaro tomonidan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi.

Jumladan, moddiy yordam, ichimlik suvi bilan ta'minlash, imtiyozli bank krediti, sogʻligʻini tiklashi uchun tibbiy xizmat koʻrsatish hamda ish bilan ta’minlash kabi bir qator murojaatlar tinglandi.

Qabul davomida amaliy yordamlar soʻrab murojaat qilgan aholi  muammolarining ko‘pchiligi joyida hal qilinishi ta’minlandi.

Muddat talab qilayotgan murojaatlarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishliligi boʻyicha topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI