Sayyor qabul | bagatdistrict.uz

 2023-12-13 05:48:00 73 Chop etish

Bog‘ot  tumani hokimi Jahongir Nazarovning “Mehnat guli” mahallasida fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi. Unda tegishli hokim oʻrinbosarlari va masʼullar hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan kommunal sohadagi muammolar, davolanish va mahalladan moddiy yordam olishda amaliy yordam kabi muammolar boʻyicha murojaatlar tinglandi.

Murojaatlarning ayrimlari qabul jarayonida hal etildi. Ijrosi muddat talab etayotgan muammolarning joyiga chiqib oʻrganilishi lozimligi sababli tuman hokimi tegishli masʼullarga aniq koʻrsatma va topshiriqlar berdi.











Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati