Seminar | bagatdistrict.uz

 2024-02-20 04:20:00 114 Chop etish

Bog‘ot tumanidagi nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlariga ijtimoiy byurtma va grant tanlovlari yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni tuman hokimi o‘rinbosari O‘.Bog‘bekov olib bordi.

Grant tanlovlarida ishtirok etish hamda tumanda mavjud ijtimoiy muammolarni hal qilishda ushbu tashkilotlarning o‘rni haqida Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi huzuridagi fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat-notijorat tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat fondi rahbari A.Ismoilov axborot berdi va tumanda olib borilayotgan ishlar viloyatda e’tirof etilayotganini, tashkilot rahbarlariga berilayotgan yangi imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berdi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati