Seminar o'tkazildi | bagatdistrict.uz

 2024-04-20 16:05:00 19 Chop etish

Bugun Bog‘ot tumani hokimligi hamda sohaga doir boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprelda qabul qilingan “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun-mohiyati va kelgusida erishiladigan natijalar haqida “mahalla yettiligi” a’zolari uchun seminar tashkil etildi

Seminarda bozor tamoyillariga o‘tish maqsadida energetika tizimida yangi tariflarning joriy qilinishi iste’molchilar uchun uzluksiz sifatli xizmat ko‘rsatishni kafolatlashi hamda sohada shu paytgacha yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, mazkur qaror bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismi uchun davlat tomonidan subsidiya ajratilishi haqida ham ma’lumot berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga tegishli tashkilot rahbarlari va mas’ullardan javob oldilar.