Energetika tizimida joriy etilayotgan yangi tariflar yuzasidan seminar tashkil etildi | bagatdistrict.uz

 2024-04-30 13:54:00 43 Chop etish

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-aprelda qabul qilingan “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori maqsadi, mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Bog‘ot tumani hokimligi hamda sohaga doir boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yuksalish” mahallasida aholi vakillari uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Rahimov va tumandagi tegishli tashkilot rahbarlari isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish maqsadida qabul qilingan mazkur qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilarga tushuntirish berdi.

Shuningdek, muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga tegishli tashkilot rahbarlari va mas’ullardan javob oldilar.