Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining bir yuz oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi | bagatdistrict.uz

 2024-03-27 08:25:00 43 Chop etish

Bugun Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining bir yuz oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishini tuman hokimi, xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashi raisi Jahongir Nazarov boshqarib bordi.

Sessiya kun tartibiga rahbarlarning 2024-yilning oʻtgan davri mobaynida yoshlar muammolarini hal etish borasida bajarilgan ishlar, joriy yilda yoqilgʻi energetika resurslarini tejash dasturlari doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotlari, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida belgilangan topshiriqlarning tumandagi ijrosini taʼminlash hamda boshqa dolzarb masalalar kiritildi.

Sessiya muhokamasiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha masʼul rahbarlarning axborotlari tinglanib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bildirilgan takliflar va qizgʻin savol-javoblardan keyin koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.