Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi | bagatdistrict.uz

 2024-05-01 07:39:00 33 Chop etish

Bugun Xalq deputatlari Bog‘ot tumani Kengashining bir yuz sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya kun tartibiga tuman sektor rahbarlarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim masalalari, shuningdek, Bog‘ot tumanidagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar, tuman tibbiyot birlashmasi, tumandagi oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlarida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning ahvoli va sohadagi muammolar hamda shu kunning boshqa dolzarb masalalari kiritildi.

Kun tartibidagi masalalar boʻyicha masʼul rahbarlarning hisobotlari eshitilib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Shundan so’ng sessiyada koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.