E'lon | bagatdistrict.uz

 2024-04-17 10:05:00 31 Chop etish

2024-yil sholi hosilidan 2025-yil sholi hosili uchun Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik sholi yetishtirish uchun tumanda faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida tanlov o‘tkazish bo‘yicha e'lon

Bog'ot tumanida 2024-yil hosili uchun sholi ekinidan Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub sholi urug‘lik etishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tumanda faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari rahbarlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 2-fevraldagi PQ-4973-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Respublikada sholi yetishtirish, saqlash, qayta ishlashning uzluksiz va samarali tizimini takomillashtirish, urug‘lik sholi etishtirish sohasini tartibga solish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 18.06.2021-yildagi 381-son qaror hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 4-aprel 06/27-06/573-sonli topshirig‘iga asosan tumanda 2024-yil hosilidan keyingi 2025 yil hosili uchun sholi ekinidan Original, Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub sholi urug‘lik etishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi sub’ektlar o‘rtasida tanlov o‘tkazish maqsadida:

Tumanda joriy yilning 18-apreliga tender tanlovlarini o‘tkazish bo‘yicha tuman qishloq ho‘jaligi bo‘limida tuzilgan komissiya tomonidan arizalarni qabul qilish 2024-yil 18-aprel kunigacha, soat 18:00 gacha taqdim qilishlari so‘raladi.

Hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 18-aprel kuni soat 18-00 da to‘xtatiladi. Ushbu yuzasidan e’lon tuman QXB binosida, tumanda faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklar o‘rtasida tender tanlovi o‘tkazish, Tanlov 2024-yil 18-aprel kungi soat — 10:00 da birinchi bosqich xujjatlarni to‘liqligi, ikkinchi yakuniy bosqich tuman qishloq xo‘jaligi binosida bo‘lib o‘tadi.