Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-12-25 06:50:00 76 Chop etish

Bugun Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov hamda Xorazm viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazovalar Bog‘otlik sportchi yigit-qizlar, nufuzli musobaqalar gʻolibi boʻlgan yoshlar bilan uchrashdilar.

Tadbirda sportchi yoshlar bilan rahbarlarning samimiy muloqoti davomida, sport musobaqalarida Bog‘ot tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab- internati jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritib kelayotganini yuksak mamnuniyat bilan eʼtirof etildi.

Yangi yil bayrami arafasida o‘tkazilgan uchrashuv doirasida nufuzli musobaqalarda faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan ushbu spоrt maktabining bir guruh sportchi yoshlari va ularning ota-onalari tuman hokimligining tashakkurnomasi va sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

Bog‘ot tumani hokimligi Axborot xizmati