Jurnalist va blogerlar diqqatiga! | bagatdistrict.uz

 2024-04-12 12:17:00 13 Chop etish

Joriy yilning 15-aprel kuni soat 11:00 da Bog‘ot tumani hokimligi matbuot xizmati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda “Aholiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish borasidagi ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumanida barcha xohlovchi OAV vakillari, jurnalist va blogerlar, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok qilishlari mumkin.

Manzil: Bog‘ot tumani hokimligi binosi.

Savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlaringizni +998930531137 telefon raqami orqali bildirishingiz mumkin.