O‘quvchi va o‘qituvchilar taqdirlandilar | bagatdistrict.uz

 2024-04-06 07:15:00 51 Chop etish

Bugun Bog‘ot tumani hokimligida o‘qish jarayonida o‘zining bilim va salohiyati bilan o‘zining tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh o‘quvchilar va ularning ustozlarini munosib taqdirlash maqsadida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Jahongir Nazarov bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularga barcha sohalarda oʻz iqtidori va salohiyatini toʻliq namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar doirasi yildan-yilga kengayib borayotganligi xususida to‘xtaldi.

Shundan so‘ng, “Har oyda 5 ta kitob o‘qiymiz” aksiyasi g‘oliblari, “Turon” teatr maktabi hamda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovlarining tuman bosqichi g‘oliblari, shuningdek, umumta’lim maktab o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan "Quvnoq startlar" sport musobaqasining viloyat bosiqichi g‘oliblari tuman hokimligining tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.