Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-01-30 09:45:00 160 Chop etish

TEXNIKA - DEHQONNING QO‘SH QANOTI

Bugun Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Yaxshibayev “BOG‘OT AGRO KLASTER” MCHJning qishloq xo‘jaligi texnikalari ta’mirlanayotgan ustaxonasida bo‘lib, ayni damda texnikalarning bahorgi ekish mavsumiga shayligini hamda ishchilarga yaratilayotgan sharoitlarni nazorat etdi.

Agro klaster MCHJ ustaxonasida seyalkalarni ekish jarayonlariga tayyorlash ishlarini olib borayotgan ustalar uchun 2 mahal issiq ovqatlar tashkil etilgan bo‘lib, klaster rahbari Sobirjon Ro‘zimov tomonidan yangidan yuvinish xonalari, dam olish xonalarida barcha sharoitlar qilib berilganidan ishchilar 2- smenada ishlab ish unumdorligini oshirmoqdalar.

Tuman hokimi MCHJda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘lamini kengaytirish hamda ishchilarning oylik maoshlari miqdorini yanada ko‘tarish yuzasidan o‘zining tavsiyalarini berdi va klaster rahbari bilan galdagi rejalar haqida suhbatlashdi.

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI