Tibbiyot xodimlari kuni muborak bo‘lsin! | bagatdistrict.uz

 2023-11-11 10:30:00 144 Chop etish

Tibbiyot xodimlari kuni muborak bo‘lsin!

Bir muddat oldin hududimizdagi "Bekpalov" majmuasida tumanimizdagi barcha tibbiyot muassasalari vakillari uchun bayram dasturxoni yozildi.

Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, endilikda tibbiy xizmatning asosiy vazifasi kasalliklarni davolash emas, balki ularning oldini olishga, aholining salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, uzoq umr ko‘rishiga hissa qo‘shishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir.

Tadbirda inson salomatligi uchun mas’ul, hayotimiz mazmunli va bardavom bo‘lishi uchun jon kuydirayotgan, o‘zini qo‘yib, boshqalarga hayot baxshida qilishga qasam ichgan va fidoyi bir guruh tibbiyot xodimlari Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov hamda sektor rahbarlari tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati