TUMAN HOKIMINING AHOLI BILAN SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI | bagatdistrict.uz

 2023-06-08 09:45:00 107 Chop etish

TUMAN HOKIMINING AHOLI BILAN SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning “Yangi qadam” mahallasida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda O‘zbekiston Prezidenti Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Q.Nurmetov, hokim o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida fuqarolarning murojaatlarini tuman hokimi batafsil tingladi.

Murojaatlarning asosan, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam ajratish, elektr ta’minoti, farzandining to‘lov kontraktini to‘lashda amaliy yirdam, sog‘liqni saqlash, dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish masalalariga taalluqli bo‘lib, murojaatlarning o‘ndan oshig‘i joyida qanoatlantirildi qolgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Bog‘ot tumani hokimligi
axborot xizmati