Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2023-08-04 10:43:00 123 Chop etish

TUMAN HOKIMINING AHOLI BILAN SAYYOR QABULI O‘TKAZILDI

Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarovning “Oltinqum” shaharchasida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabulda O‘zbekiston Prezidenti Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi mudiri Q.Nurmetov, hokim o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida fuqarolarning murojaatlarini tuman hokimi batafsil tingladi.

Murojaatlarning  asosan, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam ajratish, elektr ta’minoti, farzandining to‘lov kontraktini to‘lashda amaliy yordam, sog‘liqni saqlash, dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish masalalariga taalluqli bo‘lib, murojaatlarning o‘ndan oshig‘i  joyida qanoatlantirildi qolgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Bog‘ot tumani hokimligi
axborot xizmati