TUMAN RAHBARI BEMORLAR HOLIDAN XABAR OLDI | bagatdistrict.uz

 2023-04-23 09:25:00 128 Chop etish

TUMAN RAHBARI BEMORLAR HOLIDAN XABAR OLDI

Bemor uchun ozgina e'tibor, ikki og’iz shirin so’z bamisoli malhamdek.

Bog’ot tumani hokimi Jahongir Nazarov kasalxonada davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldi.

Shifokorlar va bermorlar bilan muloqotda shifo maskanidagi sharoitlar, davolash muolajalarining samarasi, dori-darmon ta’minoti bilan qiziqdi.

Davolanuvchilarini Ramazon hayiti bilan tabriklab, tezroq sog’ayib ketishlarini tiladi va bayram sovg’alarini topshirdi.

Bog’ot tumani hokimligi axborot xizmati