“Turon” maktab teatrining tuman bosqichi o'tkazildi | bagatdistrict.uz

 2024-04-05 10:20:00 39 Chop etish

Bugun umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o’tkazib kelinayotgan “Turon” maktab teatri” respublika tanlovining Bog'ot tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Har bir shartda o'z iste'dodlarini namoyon etib, yuqori o’rinlarni qo’lga kiritgan jamoalar tashkilotchilarning tashakkurnoma va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, tanlovning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi chet elga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.