Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-01-09 05:50:00 43 Chop etish

14- YANVAR - VATAN HIMOYACHILARI KUNI

XALQ VA ARMIYA - BIR TANU BIR JON

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi” hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilim saviyasi va dunyoqarashini kengaytirish, ularni ona vatanga boʻlgan muhabbat tuygʻusini oshirish maqsadida tuman hokimligi, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, 9203-harbiy qism, tuman mudofaa bo‘limi, "Vatanparvar" tashkiloti tuman Kengashi, ММТ bo‘limi, kasb-xunar maktablari hamkorligida 2024-yil 9-yanvar kuni “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida ko‘rgazmali tadbir  o’tkazildi. Tadbirni Bog‘ot tumani hokimi o‘rinbosari O‘.Bog‘bekov ochib, berdi.

Tadbir davomida harbiylar ishtirokida qurollar va maxsus vositalar ko’rgazmasi, saf elementlari, kamondan otish elementlari namoyish etilib yig’ilganlarga milliy armiyamiz bilan faxrlanish kabi hislarini yana bir bor uyg’otdi. O’tkazilgan tadbirda 400 ga yaqin yoshlar qamrab olindi.