Tizimda navbatdagi tayinlovlar amalga oshirildi

 2024-01-10 03:37:00 63 Chop etish

Xotin-qizlarni jamiyatning faol ishtirokchisiga aylantirish, o‘z oilasida farovon turmush tarzini yaratishga ko‘maklashish maqsadida, Bog‘ot tumani mahallalarida 5-yanvardan boshlab xonadonbay tizimida xotin-qizlar bilan yakka tartibda muloqotlar o‘tkazilib, ayollarni qiynayotgan masalalari yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Ayni damda Bog‘ot‘tumanidagi 43 ta mahallada ham «Ayollar daftari»ning 5-bosqich ro‘yxatini  shakllantirish bo‘yicha xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

O‘rganishlar davomida mahalla xotin-qizlar faollari xonadon bekalari bilan sog‘lom hayot tarzini shakllantirish hamda aholi turmush madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ham suhbatlar o‘tkazmoqdalar.

 

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati