"Xon atlas" haftaligi doirasida Bog'ot tumanida tadbir o'tkazildi | bagatdistrict.uz

 2024-04-19 14:25:00 27 Chop etish

Joriy yilning 8-14-aprel kunlari respublikamizning barcha hududlari bo'ylab atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari targ‘ib etish maqsadida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Xon atlas” milliy festivali bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tashabbusni qо‘llab-quvvatlash maqsadida Bog‘ot tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman Axborot–kutubxona markazi bilan hamkorlikda o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish, ommalashtirish, shuningdek, milliy an’analarimiz boqiyligi va ulug‘vorligini namoyish etish maqsadida tadbir o‘tkazildi.

Ushbu haftalik doirasida o‘tkazilayotgan turli fleshmoblar, milliy liboslar namoyishi va chellenjlarda barcha xotin-qizlarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.