XORAZM VILOYATIDA YANA BIR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI | bagatdistrict.uz

 2023-04-26 12:25:00 145 Chop etish

XORAZM VILOYATIDA YANA BIR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Bugun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Bog'ot tuman hokimi Jahongir Nazarov, Maktabgacha va maktab ta'limi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Hamro Bektemirov, Bog'ot tumani prokurori Alisher Ro'zmetov, Bog'ot tuman IIB boshlig'i Ergash Ahmedov, Davlat soliq inspeksiya rahbari Xushnud Jumaniyazov, Xalq deputatlari kengashi deputatlari, mehnat faxriylari va faol jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar. Maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, unda bugungi kunda 447 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati