“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda | bagatdistrict.uz

 2024-04-05 09:10:00 39 Chop etish

Bugun Bog‘ot tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar, yoshlar, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Koʻchat ekish jarayonida ishtirok etgan sektor rahbarlari va jamoatchilik vakillari tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, daraxtlarni manzilli ekishni tashkil etish, har bir daraxtni parvarish qilish hamda ularni muhofaza qilish yoʻnalishida jamoatchilik nazoratini yanada oshirish boʻyicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻchat ekish ishlari tumanning 43 mahallasi va korxona-tashkilotlarida hamda aholi xonadonlarida koʻtarinkilik bilan davom qilmoqda.