Yoshlar bandligi ta’minlanmoqda | bagatdistrict.uz

 2024-05-02 19:18:00 32 Chop etish

Bugungi kunda Bog‘ot tumanida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni doimiy ish joyiga ega boʻlishiga koʻmaklashish, har bir yosh jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Vazirlar mahkamasining 2022-yil 22-iyundagi qaroriga binoan nogironligi bo‘lgan, “Yoshlar daftari”da turuvchi bir guruh yoshlarga bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinasi, kompyuter va motokultivatorlar topshirildi. Suhbat jarayonida tuman hokimi Jahongir Nazarov bunday imkoniyat, sharoitlardan unumli va to‘g‘ri foydalanish zarurligini ta’kidladi.