Bog’ot tumani jamoasi "Zukko kitobxon" tanlovi g’olibligini qo’lga kiritdi | bagatdistrict.uz

 2024-04-03 07:25:00 29 Chop etish

Bugun Urganch shahrida har oyda bir marta o’tkazilib kelinayotgan “Zukko kitobxon” tanlovining 2024-yil may oyi hududiy bosqichida qatnashgan Bog’ot tumani jamoasi birinchi o’rinni egalladi. Yakuniy natijalarga ko'ra, Bog'ot tumani jamoasi birinchi o'rinni egallagan bo'lsa, Gurlan tumani ikkinchi, Yangiariq tumani jamoasi esa uchinchi o'rin bilan kifoyalandi.

Ma’lumot uchun, tanlovda ishtirok etish uchun @kitobxontestbot Telegram bot orqali saralash bosqichlarida qatnashish kerak bo‘ladi. Saralash bosqichlarida yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar tuman va shaharlar miqiyosida 1 tadan jamoa boʻlgan tarzida (jami 13 ta jamoa) ishtirok etishadi.